Sterling bir shart bilan "Manchester Siti"da qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterling bir shart bilan jamoada qolishi mumkin. Jurnalist Saymon Baykovskining so'zlariga ko'ra, angliyalik futbolchi kelajagini shu yozda uzoq muddatli asosda hal qilmoqchi.
Agar "Manchester Siti" unga o'ynash vaqtini kafolatlab, uzoq muddatli shartnoma taklif qilsa, Sterling "Etihad"da qolishga qaror qilishi mumkin. Ammo yuqori raqobatni hisobga olsak, bosh murabbiy Xosep Gvardiola angliyalik futbolchiga barqaror o'yin amaliyotini taqdim eta olmaydi.
Sterling uchun yana bir variant - Londonning "Chelsi" klubi, u erda bosh murabbiy Tomas Tuxel uni jamoada ko'rmoqchi. Transfer summasi 50 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271