Umid Ahmadjonov: «Murabbiylar saviyasini oshirmasdan, futbolni ko'tarib bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19028

Toshkent shahrida futbol bo'yicha murabbiylar uchun «Pro» diplomi uchun o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda. Mazkur kurslarda 21 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.
Kecha Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur kurslarda o'qiyotgan murabbiylar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda FIFA va AFC instruktori Islom Ahmedov, Ro'ziqul Berdiev, No''mon Hasanov, Davron Fayziev, Hamidjon Aktamov, Jasur Abduraimov, Rustam Abdullaev hamda Bahrom Haydarov kabi murabbiylar ishtirok etdi. Umid Ahmadjonov uchrashuvni boshlar ekan, futbolni rivojlantirishda murabbiylarning roli beqiyos ekanligini aytib o'tdi.
“Futbolni rivojlanishida siz – mutaxassislarning rolingiz juda katta. Murabbiylar saviyasini oshirmay turib, futbolni yuqori pog'onaga ko'tarib bo'lmaydi. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida hamjihatlikda ish olib borishimiz lozim.
Shu maqsadda, Superliga murabbiylaridan iborat kengash tuzishni va ushbu kengashga tegishli vakolatlar berishni rejalashtirmoqdamiz. Kengashda sizlar ham bo'lasizlar. Faollikni oshirib, O'zbekiston futboli ravnaqini yuksaklarga ko'tarishimiz lozim”, – dedi Umid Ahmadjonov.
Yig'ilish davomida shuningdek, murabbiylar malakasini oshirish uchun ularni xorijiy klublarda malaka oshirishlari, dunyoning etakchi klublari akademiyalarida ish o'rganib qaytishlari kerakligi ta'kidlab o'tildi. Do'stona ruhda kechgan uchrashuvda murabbiylar Umid Ahmadjonovga o'z takliflarini berib, fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.


Bosh sahifaga
212