116 million evrolik Virts "Liverpul"ning 11 o'yinida 1 ta assistdan boshqa hech narsa qilmadi

Florian Virts "Liverpul" safida 11 ta o'yinda atigi 1 ta samarali harakat qayd etgan.
Germaniyalik futbolchi APLning 8-turidan o'rin olgan "MYu"ga (1:2) qarshi o'yinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U gol ham, golli pas ham bera olmadi.
Mersisaydliklar safida Virtsning yagona samarali harakati birinchi o'yindayoq sodir bo'lgandi - Angliya Superkubogi uchun "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda golli uzatma (2:2, penaltilar seriyasida 2:3).