Sanjar Tursunov finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1377
Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor boks bo'yicha Osiyo chempionati yarim final uchrashuvlari boshlandi. O'zbekiston nomidan uchinchi bo'lib bahslarda Sanjar Tursunov ishtirok etdi.
-91 kg vaznda ringga chiqqan Sandar Tursunov yarim finalda iordaniyalik Hussayn Iashaishga qarshi ringga chiqdi. Bellashuv davomida ustunlikka ega bo'lgan Sanjar yakunda hakamlarning turlicha qarorlariga ko'ra, ochkolar bo'yicha g'alaba qozonib, finalga yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Nodirjon Mirzaahmedov qirg'izistonlik raqibini, Mirazizbek Mirzahalilov esa filippinlik raqibini mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Bugun yana 6 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga chiqadi.
Kunduzgi dastur, 12:00dan so'ng:
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Xong Gu (Xitoy)
Kechki dastur, 16:00dan so'ng:
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Tsendbaatar Erdenebat (Mo'g'uliston)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Ashish (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva – Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi)
-64 kg: Maftuna Melieva – Kaur Baat (Hindiston)