APL. 2018/2019 yilgi mavsumning ramziy terma jamoasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2048
Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) o'zining Tvitterdagi sahifasi orqali Angliya premer-ligasining ushbu mavsumidagi ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Ushbu mavsumda o'tkazib yuborilmagan o'yinlar soni bo'yicha «Liverpul» posboni Alison Beker peshqadam bo'lib turganiga qaramay, u ramziy terma jamoaga kiritilmadi. Uning o'rniga «Manchester Siti» darvozaboni Ederson Moraes nomzodi tanlandi.
Ushbu jamoadan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba o'rin oldi. Ammo «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar va «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga joy topilmadi.
Umuman olganda, ramziy terma jamoasidan «Manchester Siti»ning olti nafar, «Liverpul»ning to'rt nafar va "MYu"ning bir futbolchisi o'rin olgan.
PFA versiyasi bo'yicha APLning 2018/2019 yilgi mavsumidagi ramziy terma jamoasi (4-4-3):
Darvozabon: Ederson Moraes («Manchester Siti»)
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virdjil van Deyk (ikkisi – «Liverpul»), Emerik Laport («Manchester Siti»), Endryu Robertson («Liverpul»);
Yarim himoyachilar: Pol Pogba («Manchester Yunayted»), Fernandino, Bernardu Silva (ikkisi – «Manchester Siti»);
Hujumchilar: Rahim Sterling, Serxio Aguero (ikkisi – «Manchester Siti»), Sadio Mane («Liverpul»).