Dibala: «Ronaldu kamtar va hazilkash»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 967
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Hech kim bu transferni kutmagan edi. Jamoadagi barcha xayron qolgan edik. Biz buni faqatgina gazetalardagi sarlavha deb o'ylaganmiz.
Krishtianu yaqindan oddiy odam edikan. Ha, uning o'z ro'li, xarakteri va maydondagi o'z o'rni bor. Ammo, kiyim almashtirish xonasida u hamma bilan bir xil, kamtar va qolganlar bilan hazillashishni yaxshi ko'radi”, - deydi Dibala Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!