Engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini kuchli beshlikda yakunlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1488
Qatar poytaxtida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati bahslari o'z yakuniga etdi. Musobaqaning so'nggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tgani e'tiborli.
Oxirgi kun dasturida erkaklar o'rtasida bosqon uloqtirish sektorida ishtirok etgan yurtdoshimiz Suhrod Xo'jaev Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Xo'jaev musobaqada 72.85 metr natija qayd etdi. Batafsil:
Osiyo chempionati. Qatar.
Bosqon uloqtirish, erkaklar.
1. Dilshod Nazarov (Tojikiston) – 76,14 m
2. Ashraf Elsayfiy (Qatar) – 73,27 m
3. Suhrob Xo'jaev (O'zbekiston) – 72,85 m
Mazkur Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillari jami 5 ta medal qo'lga kiritishdi. Ularning 3 tasi oltin, 2 tasi bronza medalidir. Ushbu natija bilan engil atletikachilarimiz musobaqani umumiy hisobda beshinchi o'rinda yakunlashdi.