«Uotford»da g'aroyib natija: hammasi — 50!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1264

Angliya chempionatining 31-doirasida bo'lib o'tgan bahsda «Uotford» «Sautgempton» bilan durang (1:1) o'ynadi.
Ushbu natijadan keyin Xavi Garsiya jamoasi hisobidagi ochkolar soni 50taga etdi. Shuningdek, «Uotford» ushbu mavsumda 50ta gol urdi va 50ta to'p o'tkazib yubordi.
Jamoa mavsum yakunida ushbu pog'onani saqlab qolsa, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin. Shuningdek, «Uotford» Angliya kubogi finaliga chiqqan va "Manchester Siti"ga qarshi sovrin uchun maydonga tushadi.
«Uotford» APLning qolgan turlarida «Vulverxempton», «Chelsi» va «Vest Xem»ga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283