PSJ hujumchisi bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1478
PSJning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani kelajagi borasida bir qarorga keldi.
“Meni jamoa bilan yana bir yillik shartnomam bor. Nimani bilishni xohlaysizlar? Menda hammasi yaxshi, jamoamdan, muxlislar va shaxardan mamnunman”, -deydi Kavani “Canal +”ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Kavani PSJ safida 2013 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U jami 274ta o'yinda ishtirok etib, 192ta gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!