Ruslan Qurbonov O'zbekiston engil atletikasi tarixidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1732
Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, ushbu kun terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.
3 hatlab sakrash sektorida startga chiqqan Rio olimpiadasining ishtirokchisi Ruslan Qurbonov 16.93 metr natija qayd etdi. E'tiborlisi, hech bir sportchi uning natijasini qaytara olmadi va hamyurtimiz ushbu yo'nalish bo'yicha O'zbekiston engil atletikasi tarixida birinchi bor Osiyo chempionligini qo'lga kiritmoqda.
Ta'kidlash joiz, engil atletikachilarimizning bunday natijaga erishishida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining musobaqadan avval 3 oylik uzliksiz xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil qilganining ham o'rni bor. Oldinda yana 2 kunlik bellashuvlar bor va unda ham atletlarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz.