Tur murabbiyi – Ulug'bek Boqoev
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 843
Stadion.uz talqiniga ko'ra, Superliga 5-turining eng yaxshi murabbiyi deb "Sug'diyona" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev topildi.
Baqoev mazkur tur oldidan Sergey Lushchandan jamoani qabul qilib oldi. Boqoev debyut boshqaruvidayoq o'zida “Metallurg”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Jamoa kecha nafaqat g'alaba qozondi, balki chiroyli va mazmunli o'yin ham namoyish qildi.
Baqoev kelgunga qadar jizzaxliklar 4 turda bor yo'g'i 3 ochko to'plgan edi. Bir g'alaba va uch mag'lubiyat. Kechaga g'alabadan so'ng “Sug'diyona” 6 ochko to'plagan holda 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!