O'FA mutasaddilarining Niderlandiya safari yakuniga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1089
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining “Futbolni rivojlantirish departamenti” direktori Jalimov Ongarbay hamda departament bosh mutaxassisi Otabek Kenjaev Niderlandiyada xizmat safarida bo'lib turgani haqida xabar berib o'tgandik. Ular mamlakat futbol federatsiyasiga tashrif buyurib, mutaxassislar bilan uchrashuvlar o'tkazishdi.
Tashrifning so'nggi kunida “De Toekomst” futbol akademiyasining moddiy-texnik ba'zasi, infratuzilmasi, futbolchilarni o'quv mashg'ulotlari, ta'lim tizimi bilan tanishib chiqildi.
Shundan so'ng, “Johan Cruijff Arena”ga tashrif buyurib, arenada yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi. Mazkur arenaning “SKY BOX” bo'limida “Ajax” futbol klubi mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazilib, uchrashuv davomida “Ajax” futbol klubi tarbiyalanuvchilarining bosqichma-bosqich tayyorlash dasturi o'rganildi.
Tashrifning uchinchi kunidagi uchrashuvlar yakuniga etgach, Niderlandiya Qirolligining 2-divizion chempionatidan o'rin olgan “Almere” – “Telstar” (2:0) uchrashuvi kuzatildi. Shu bilan, Niderlandiya futbol federatsiyasi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari o'rtasidagi xalqaro tajriba almashinuv tashrifi o'z yakuniga etdi.
Qayd etish joizki, safar davomida bir qator normativ-me'yoriy hujjatlar, Niderlandiya futbol federatsiyasi, mahalliy hokimiyat, xususiy futbol klublarining faoliyatiga doir hamda “Ajax” futbol klubining futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturlari bilan yaqindan tanishildi.