Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1415
23-28 aprel kunlari Xitoyning Tsian shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur qit'a birinchiligida Osiyoning eng sara kurashchilari qatori sportchilarimiz ham medallar uchun kurash bahs olib borishadi. Kecha tunda musobaqada ishtirok etuvchi erkin kurashchilarimiz Tsian shahriga jo'nab ketishdi. Ta'kidlash joiz, aynan ular mazkur chempionatni boshlab berishadi. Ertaga ayollar va yunon-rum kurashi bo'yicha ishtirok etadigan vakillarimiz ham Xitoyga yo'l olishadi. Osiyo chempionatida quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkin kurash
57 kg: Mahmudjon Shavkatov
61 kg: Jahongirmirzo Turobov
65 kg: Sirojiddin Hasanov
70 kg: Ixtiyor Navruzov
74 kg: Artyom Prisyajnyuk
79 kg: Nodirbek Egamberdiev
86 kg: Abdurasul Vahobov
92 kg: Aziz Soliev
125 kg: Hasanboy Rahimov
Ayollar kurashi
50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova
53 kg: Aktenge Keunimjaeva
55 kg: Shahodat Djullibaeva
57 kg: Sevara Eshmuratova
59 kg: Nigora Bakirova
62 kg: Nabira Esenbaeva
65 kg: Saxipjamal Aleuatdinova
68 kg: Baxtigul Baltaniyazova
72 kg: Nilufar Gadaeva
76 kg: Shaxribanu Ellieva
Yunon-rum kurashi
55 kg: Ilhom Baxromov
60 kg: Islom Baxromov
63 kg: Elmurat Tasmuradov
67 kg: Mirzobek Raxmatov
72 kg: Aram Vardanyan
77 kg: Bilan Nalgiev
82 kg: Jalgasbay Berdimuradov
87 kg: Rustam Assakalov
97 kg: Jahongir Turdiev
130 kg: Mo'minjon Abdullaev