Hasanboy Do'smatov Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshladi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3403

Bugun, 21 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida 6 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Hozirgina Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov o'zining Osiyo chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi. Hasanboy o'zi uchun yangi -52 kg vazn toifasida butanlik Tensin Drugyelga qarshi ringga chiqdi.
Kutilganidek, jang davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Hasanboy raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin.
Bugun yana besh nafar bokschi ringga chiqadi. -69 kg vaznda Bobo Usmon Baturov Sajjar Kozimzodaposhtiriga (Eron) qarshi ringga chiqsa, -81 kg vaznda Dilshodbek Ro'zmatov Brijesh Yadav (Hindiston)ga qarshi kuch sinashadi. Kunduzgi dasturdan shuningdek, -51 kg vaznda Farangiz Hoshimova va Nazim Qizibay (Qozog'iston) jangi ham o'rin olgan.
Kechki dasturda esa -60 kg vaznda Shukurjon Rahimov – yamanlik Ahmad Nasim Hussaynga qarshi ringga chiqsa, ayollar o'rtasida shu vaznda Rayxona Qodirova – Nepal vakili Punam Raval bilan jang qiladi.

Bosh sahifaga
202