Klopp: «Rotatsiya? Imkonim bo'lganda allaqachon buni amalga oshirgan bo'lardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 805

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Kardiff"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"APLning har bir turi oson emas. Biz ham "Manchester Siti" ham, ochko yo'qotmaslik uchun kurashadi.
"Kardiff" bilan o'yinning ahamiyati yuqori. Ular APLda qolishga tish-tirnog'i bilan harakat qilmoqda. Agar ularning tashkil qiladigan o'yin uslubi o'xshab qolsa, "Liverpul" uchun oson bo'lmaydi.
Tarkibda rotatsiya qilish imkonim bo'lganida, allaqachon buni amalga oshirgan bo'lardim. Men barchaga imkoniyat beraman. Hozirgi vaziyatimizdan kelib chiqib, kimning holati optimal bo'lsa, shundan foydalanaman", - deydi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210