3 nafar dzyudochimiz yarim finalda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 766

BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
O'rta vazn toifasida kechayotgan bellashuvlarda terma jamoamizning 3 nafar vakili yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'z vazn toifalarida Hikmatillo To'raev (-73 kg), Sharofiddin Boltaboev va Gulnoza Matniyazova birozdan so'ng final yo'llanmasi uchun tatamiga chiqishadi. Ularning yarim finaldagi raqibi bilan tanishing:
-73 kg: Hikmatillo To'raev – An Changrim (J.Koreya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Didar Hamza (Qozog'iston)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Jeyung Yu (J.Koreya)
-81 kg vaznda Kamoliddin Rasulov bronza medali uchun o'tish bosqichida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202