Sadriddin Saymatov Premer liga musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1004

Ayni kunlarda Marokash poytaxti Rabot shahrida karate bo'yicha Premer liga musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan vakilimiz Sadriddin Saymatov shohsupaga ko'tarildi.
-60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz yarim finalda turkiyalik Samdan Erayga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Minami Yunosukedan ustun keldi. Ta'kidlash joiz, Premer liga musobaqasi Tokio Olimpiadasiga katta reyting ochkolarini taqdim etadi. Bu bilan hamyurtimiz Olimpiada reytingidagi o'rnini ancha yaxshilab oladigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206