«Paxtakor» Dohaga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 859

"Paxtakor" Chempionlar Ligasi 4-turida maydonga tushish uchun Qatarga etib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Jamoa a'zolari va muxlislardan iborat delegatsiyani "As-Sadd" klubi vakillari va tashkilotchilar mehmondo'stlik bilan kutib olishdi. "Paxtakor" o'zi uchun tanlangan mehmonxonaga borib joylashdi.
Bugun uchrashuv oldidan tadbirlar bo'lib o'tadi. Mahalliy vaqt bilan (Toshkent vaqtidan ikki soat orqada) 16:00da "Jassim bin Hamad" stadionida o'yindan avvalgi yig'ilish, 17:30da Shota Arveladze va Egor Krimets ishtirokida matbuot anjumani boshlanadi. "Paxtakor"ning rasmiy mashg'uloti 18:00da boshlanishi mo'ljallangan.
"As-Sadd" - "Paxtakor" o'yini 22 aprel, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
234