Ronaldu: «1000 foizga «Yuventus»da qolaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 659

Avvalroq hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi. 34 yoshli futbolchi bu mish-mishlarni inkor qildi.
"Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik? Hamisha g'alaba qozonib bo'lmaydi. Kubok faqat bitta jamoaga nasib etadi. Kelasi yili EChLni qo'lga kiritish uchun maksimal harakat qilamiz".
"Mening kelajagim? 1000 foizga kafolat beramanki, "Yuventus"da o'ynashda davom etaman", — deya Ronalduning so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Janluka di Martsio.
Ronaldu A seriyaning ushbu mavsumida 27ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237