Shahnoza Yunusova tojikistonlik raqibasini mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1293

Bangkok shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Biroz avval ayollar o'rtasida 60-69 kilogramm vazn toifasidagi dastlabki saralash bellashuvlari yakunlandi.
Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilamiz Shahnoza Yunusova o'zining ilk jangini tojikistonlik Nilufar Boboyorovaga qarshi o'tkazdi. Murosasiz kechgan bellashuv yakunida hakamlar hamyurtimizning g'alabasini e'tirof etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214