So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Omad poezdining eng oxirgi vagoniga ulgurgan yo'lovchi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6159
Paxtakor Igor Sergeev bilan shartnoma tuzmaganidan ko'pchilikninig xabari bo'lsa kerak. Hozirda futbolchi va «Navbahor» o'rtasida muzokaralar ketmoqda.Ayni vaqtda Sergeev o'z - o'zini enga olishi uchun unga muxlislar ishonchi va ko'magi zarur. O'z vatida yurtimizda birnchi raqamli hujumchi bo'lgan Sergeev daldaga muhtoj…
Daniel Guiza ismini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa ham kerak…
Daniel o'ziga to'q oilada tug'ilib osgan, hayotda kami yo'q bir yigit edi. Futbol uning hayotini ma'nosi edi desak, adashmagan bo'lamiz. U havaskor jamoalarda o'ynab yurar, futbol bilan jiddiy shug'ilanmasdi. Daniel o'z futbolchilik karierasini 1999 - yilda ispaniyaning quyi dviziyonlarida boshlaydi. To 2007- yilga qadar deyarli o'nga yaqin ( «Herese», «Rekriyartiva», «Murtsia», «Barselona B» …) jamoani almashtiradi. U futbolga hech ham jiddiy qaramas, shunchaki bir hobbidek shug'ilanar edi.Uninig o'sha davrlari haqida eslagan onasi: «Dani shunchaki ishyoqmas bolakay edi. Hech narsaga mas'uliyat bilan yondashmas, e'tiborsiz inson edi»,- degan edi. Haqiqatan ham o'sha paytlar Daniel tunggi klub va barlarninig doimiy mijozi edi. Toki hayot charxpalagi «Maliyorka» jamoasiga olib kelmagunicha.
U mavsum oldidan futbolchilarni tanishtiruv marosimiga kelgan muxlislarni ko'rib biroz hayratlanadi. Quyi divizionda muxlislarsiz o'ynashga o'rganib qolgan futbolchi uchun bu yoqimli his edi…
Guiza «Malyorka» jamoasidagi debyut o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ladi. U o'sha davrlari eslab: «Huddi terma jamoa safida turgandek quvongandim»,- degan edi. Guiza ich-ichidan sezadi bu muxlislar uchun o'ynash kerak… U hamma yomon odatlarni yig'ishtirib o'z ustida ishlashni boshlaydi. Murabbiylardan qo'shimcha mashg'ulotlar so'rab ishga kirishib ketadi. Bunga sayin muxlislar olqishlari, uning uyiga yuborilgan gullar, ehhe futbolchi «Maliorka»ning yulduziga aylanadi. Tan olish kerak o'sha mavsum Daniel La Liga to'p urari bo'ladi 26 ta gol 6 ta asiist. Fantastik ko'rsatkich. «Maliorka» esa chempionatda 7-o'rinni qayd etadi. Guizaning mehnatlari samarasi o'laroq Evro 2008 ga Ispaniya termasiga olib ketishadi…
Qahramonimiz o'sha musobaqada nafaqat ishtirok etadi, balki gollar urishga erishadi. Va Ispan xalqi uzoq kutgan chempionlik bilan yurtiga qaytadi. Oradan ko'p o'tmay, «Fenerbaxchi» uni o'z safiga naqt 14 000 000 evro evaziga qo'shib oladi…
Daniel «omad poezdi»ning eng oxirgi vagoniga chiqib olishga ulgurdi. U nabiralariga maqtanib aytib bera oladigan ishlarni kechroq bo'lsa ham qilishga ulgurdi.. Muxlislar olqishi va ishonchi qanchalar kuchli kuch ekanligining yana bir hayotiy isboti.
Men jurnalist sifatida Igor Sergeevni «Navbahor» ga o'tishini chin yurakdan xohlayman. Hozir Igorninig ham omad poezdi tobora uzoqlashib ketmoqda. Uning oxirgi vagonlari yaqinlashib kelmoqda. Sergeevni «Navbahor»ning muxlislari quchoq otib kutib olishsa, unga ishonishsa, olqishlashsa u albatta so'nggi vagonga chiqib olishi mumkin.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev