«Real» yozgi transferda 500 million evro sarflaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1818
«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "Qirollik klubi" yozgi transfer paytida qancha mablag' sarflashini aytib o'tdi.
«Menga xabar berishlaricha, «Real» transferlar uchun 500 million evro sarflamoqchi. Shu haftada Barselonada bo'lib, «Real»ni yaxshi biladigan bir inson bilan gaplashdim», – dedi Kapello.
«Real» 50 million evro evaziga «Portu» himoyachisi Eder Militanning transferini rasmiylashtirib bo'ldi. Shuningdek, madridliklar «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar bilan muzokara olib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!