Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2624
20-28 aprel kunlari Xitoyning Ninbo shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur turnir Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi sabab o'zida eng kuchli atletlarni jam qiladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz bugun Ninbo shahriga jo'nab ketishdi. Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada 6 nafar og'ir atletikachimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi sportchilarimiz:
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-102 kg: Sunnatilla O'sarov
-109 kg: Akbar Jo'raev
-55 kg: Muattar Nabieva
-87 kg: Dolera Davronova
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!