Ronaldu – «Yuventus»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1486
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda "Yuve"ning Tvitterdagi sahifasi xabar tarqatdi.
34 yoshli futbolchi o'tgan oyda "keksa sinora" safida 2ta o'yinda maydonga tushdi. U A seriya doirasida «Napoli» (2:1) va Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga qarshi (3:0) o'yinlarda 3ta gol urdi.
Ronaldu ushbu mavsum davomida "Yuve" safida barcha musobaqalar doirasida 38ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!