VIDEO. «Andijon» hokimi g'alabani futbolchilar bilan birga nishonladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1211
Kecha, Superliganing 5-turidan o'rin olgan “Andijon” va “Nasaf” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda maydon egalari mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qilishdi. Shu bilan birga bu o'yin Andijondagi “Sog'lom Avlod” o'yingohining qayta rekontrutsiyasidan so'ng o'tkazilgan ilk bahs edi.
Uchrashuv qiziqarli va muxlislar bop o'tdi desam adashmagan bo'laman. Andijonlik muxlislarning sevimli jamoasini to'xtamay qo'llab-quvvatlab turganiga qoyil qolmay iloj yuq.
Uchrashuv yakuniga etgach, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Andijon”ning har bir futbolchisiga 10 million so'm pul mukofotini stadionning o'zida topshirdi. Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Farhod Bekmuratovga va'da qilingan “Gentra” avtomashinasi topshirildi.
Bizning Superligada jamoalar xususiy emasligini hisobga olsak, har bir viloyat hokimlari o'z jamoalariga Shuhrat Abdurahmonov singari e'tiborliroq bo'lsa bundan faqat jamoa yutadi va mamlakatimizda futbol rivojlanadi, menimcha.
Jalodiddin Qobiljonov