«Hokimga rahmat!» «Andijon» futbolchilari bugungi g'alabasi uchun 10 million so'mdan mukofot puli olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1055
Bugun O'zbekiston Superligasi 5-turidan o'rin olgan “Andijon” hamda “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda “Andijon” jamoasi 3:1 hisobida o'z maydonidagi ilk o'yinda g'alaba qozondi.
O'yin yakunlangandan so'ng futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur taqdirlash marosimida, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon"ning har bir futbolchisiga 10 mln so'mdan pul mukofoti berilishini ma'lum qildi.
Shuningdek, Farhodbek Bekmurotovga o'tgan mavsumda va'da qilingan "Gentra" avtomashinasi ham tantanali ravishda topshirildi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!