Mourino Messini qanday qilib to'xtatish mumkinligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1329

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino «Barselona» hujumchisi Lionel Messini to'xtatish yo'lini aytib o'tdi.
"Avval ham ko'p aytganman. Messi to'p bilan harakatlanayotganida uni yolg'iz futbolchi to'xtatib qola olmaydi. Unga qarshi personal o'ynab bo'lmaydi. Maydonda uni qafasga qamab qo'yish kerak. Shunda u to'liq safdan chiqadi. Raqib futbolchilari unga yaqinroq o'ynab, uning erkin harakat qilishiga imkon qoldirmasliklari kerak. "MYu" darvozasiga urilgan gol paytida Messi ko'p erkin hududga ega bo'ldi", — dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166