Ro'ziqul Berdiev: «Mag'lubiyatimizga asosiy sabab – standart vaziyatlar bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628
“Andijon” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
"Bugungi uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tdi. Mening jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas. To'g'ri, bugun mag'lub bo'ldik.
Lekin kelgusi bahslarda albatta yutamiz. Bunga amin ekanimni ta'kidlay olaman. Bizning oldimizdagi eng asosiy vazifa – shu yosh o'yinchilarning tajriba to'plashlariga imkon berish. Bugungi bahsdagi mag'lubiyatimizga asosiy sabab – standart vaziyatlar bo'ldi. Himoyada e'tiborliroq o'ynashimiz lozim edi", - deya fikr bildirdi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!