«Chelsi» Azarning narxini pasaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1369
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachi Eden Azarni narxini pasaytirdi.
AS nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” bunday qarorga “Real” bilan muzokara o'tkazish vaqtida kelishgan.
Madrid klubi belgiyalik futbolchini yozda o'z jamoasiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagan. “Chelsi” avvalroq Azar uchun 116 mln evro talab qilgan bo'lsa, hozir uning narxini 103-105 mln evroga tushurdi.
Biroq “qaymoqranglilar” Azarni 80-90 mln evro atrofida sotib olishmoqchi. Hozircha klublar o'rtasida muzokara davom etmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Azar “Chelsi”ga 2012 yil “Lill” klubidan o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!