La Repubblica: EChLdagi omadsizlik tufayli Ronaldu 2020 yilda «Yuventus»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2103
Hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun kelasi mavsum «Yuventus» safidagi so'nggisi bo'lishi mumkin.
La Repubblica tarqatgan xabarga ko'ra, turinliklar Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Ayaks»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etganidan keyin "Yuve" va portugaliyalik futbolchi o'rtasidagi munosabat sovuqlashgan.
Shu bois, 34 yoshli futbolchi klub bilan tuzilgan shartnoma oxiriga qadar (2022 yilgacha) "keksa sinora" safida qolmoqchi emas. Hujumchi 2020 yilning yozida jamoani tark etmoqchi.
Aslida, "Yuventus" EChLda g'olib chiqish maqsadida Ronalduni xarid qilgan edi. Krishtianuning birinchi mavsumida jamoa o'z maqsadiga eta olmadi.
Ronaldu ushbu mavsumda "zebralar" safida barcha musobaqalar doirasida 38ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi.