Valverde: "Messi o'zini ko'rsatishini doim bilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2428

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde EChL chorak finalida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlarini bildirdi.
"O'yin boshida harakatlarimizni yaxshilashimiz kerak. Ammo biz tezda o'zimizga keldik, vaziyatda chiqa oldik.
Messi o'zini ko'rsata olishini doim bilamiz. Gap gol urishda emas, umuman, jamoani qo'llab-quvvatlash haqida ketyapti.
"Barselona"da talab doim kuchli, shuning uchun har erda yutish, doim yaxshi o'ynash va gollar urish kerak.
Biznitanqid qiladilar, ammo biz odamlarmiz. Xato qilamiz va bunga turib berishni o'rganishimiz kerak.
"Liverpul" yoki "Portu"? Bu chempionlar ligasi, hech kim o'ziga kafolat bera olmaydi. "Liverpul" yaxshi yurish qilmoqda, ko'ramiz, nima bo'larkan", - deydi Valverde.

Bosh sahifaga
235