EChL. Messi, nihoyat, chorak finalda gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1779
«Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari o'rtasida Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasidagi javob o'yinining birinchi bo'limi yakunlandi. Hozircha kataloniyaliklar 2:0 hisobida oldinda borishmoqda.
Bahsning 16-daqiqasida "ko'k-anorranglilar" sardori Lionel Messi hisobni ochgan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tib argentinalik futbolchi hisobdagi farqni oshirdi.
Shu tariqa, Messi EChL chorak final bosqichida 2013 yildan beri ilk marta gol urdi. So'nggi marta u 2012/13 yilgi mavsumda «PSJ»ga qarshi o'yinda (2:2) chorak final bosqichida to'p kiritgandi. Bugungi golga qadar Lionel chorak final o'yinlarida raqiblar darvozasiga 50ta zarba bergandi.
"Barselona" - "Manchester Yunayted" o'yinidan matnli onlayn translyatsiyani Stadion.uz'da kuzatib boring.