Ugo Loris: «Ertaga umuman boshqacha o'yin bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605
“Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris “Manchester Siti”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
“Ertaga umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Kichik ustunlik bizning qo'limizda, lekin bu o'yin oldidan aniq maqsad bilan maydonga chiqishimiz lozim. Agar o'yinni gol urish bilan boshlasak, “Manchester Siti”ga qiyinchilik tug'dira olamiz.
Keyn? Uning o'rnini bosish qiyin. Tarkibga kiritilgan barcha futbolchilar jamoaga yordam berishga tayyor. Har birimiz jangga tayyormiz”, - deydi Loris.
Ma'lumot o'rnida, “Manchester Siti” – “Tottenxem” ertaga, 17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!