UZREPORT TV telekanali boks bo'yicha Osiyo chempionatining final janglarini namoyish etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 883
17-27 aprel kunlari Bangkok (Tailand) shahrida boks bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Osiyo chempionati (Asian Confederation Elite Boxing Championships) bo'lib o'tadi.
UZREPORT TV telekanali esa 25 va 26 aprel kunlari bo'lib o'tadigan yarim final va final janglarini jonli efirda namoyish etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston sharafini qit'a birinchiligida quyidagi bokschilarimiz himoya qilishadi:
Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do'smatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov.
Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Melieva
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova
- 81 kg: E'zoza Melieva
Katta murabbiy: Lochin Qo'chqorov
Eslatib o'tamiz, avvalgi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 9ta oltin medal qo'lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.