"Manchester Yunayted" muxlislari tufayli Koutinodan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 995

"Manchester Yunayted" "Barselona" a'zosi Filippe Koutino uchun kurashdan chiqdi, deb xabar berdi "Sport.es".
Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yindan kelib chiqib shunday qarorga kelishgan. Gap shundaki, ingliz klubi muxlislari 26 yoshli futbolchini juda sovuq qarshi olishgan va tinimsiz hushtakbozlik qilishgan.
Shuningdek, OAVda "MYu"ning braziliyalik futbolchi uchun 100 mln evro to'lashga tayyorligi yozilgandi. Koutinoga "PSJ" ham da'vogar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195