Karatechilarimiz «Premer Liga» xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 637
19-21 aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida “Karate-1” seriyasiga kiruvchi premer liga musobaqalari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadigan mazkur yirik turnirda dunyoning 78 davlatidan 700 nafarga yaqin kuchli karatechilar medallar bilan birga Tokio olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi.
Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Boboeva
-61kg: Barno Mirzaeva
Ma'lumot uchun: A seriyasi toifasiga kiruvchi “Karate-1” deb nomlangan Premer liga bahslari joriy yil 7 bosqichda o'tkazilishi rejalashtirilgandi.
Uchinchisi Marokashda uyushtirilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning dastlabkilariga Frantsiya (Parij) va BAA (Dubay) mezbonlik qilgan. Keyingi bosqichlar Shanxay (Xitoy, 7-9 iyun), Tokio (Yaponiya, 6-8 sentyabr), Moskva (Rossiya, 4-6 oktyabr) va Madrid (Ispaniya, 29 noyabr -1 dekabr) shaharlarida o'tadi.