Robert Levandovski «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. «Barselona» hujumchisi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi uchrashuvning 56 va 61-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Endilikda polyak futbolchisining ushbu turnirdagi gollari soni 109 taga etdi. U EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bu borada u faqat Lionel Messi (129 ta gol) va Krishtianu Ronaldudan (saralash bosqichini hisobga olmaganda 140 ta, saralash bilan birga 141 ta gol) ortda qolmoqda.


EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (Top-5):

O'rin Futbolchi Gollar soni
1 Krishtianu Ronaldu 140
2 Lionel Messi 129
3 Robert Levandovski 109
4 Karim Benzema 90
5 Raul Gonsales 71