Superliga. Tur murabbiyi – Baxtiyor Ashurmatov
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

Superliga 4-turining eng yaxshi murabbiyi deb "Buxoro" murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov topildi.
Saytimizning telegramdagi sahifasida o'tkazilgan so'rovnomada Baxtiyor Ashurmatov 41 foiz ovoz bilan turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning jamoasi safarda “Qo'qon-1912”ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Buxoro” 4-turdan so'ng 5 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.
Shuningdek, so'rovnoma natijasiga ko'ra, “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov (23 foiz) ikkinchi o'rin, “Navbahor” murabbiyi Andrey Kanchelskis (21 foiz) uchinchi, “Surxon” murabbiyi Andrey Miklyaev (10 foiz) to'rtinchi o'rin va “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov (4 foiz) beshinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204