Sitora Turdibekova: "Jahon ringlarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Ayollar o'rtasidagi jahon chempionatiga oz vaqt qolmoqda. O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ushbu jahon chempionati oldidan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempioni Sitora Turdibekovaning fikrlari bilan qiziqdi.
"Bu men uchun ikkinchi jahon chempionati hisoblanadi. Bungacha yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligida ham ishtirok etganman va bronza medalini qo'lga kiritganman.
Istanbulda o'tkaziladigan dunyo birinchiligiga tayyorgarlik a'lo darajada davom etmoqda. Hozirda asosiy e'tibor texnik va psixologik tayyorgarlikka qaratilgan.
Jahon chempionatidagi maqsadim chempion bo'lish va oltin medal bilan yurtimizga qaytish. Jahon ringlarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqchiman.
Chempionat davomida Yaponiya va Rossiya bokschilari men uchun asosiy raqib bo'ladi", - dedi Sitora Turdibekova.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
345