"Real" Pogbani xohlamoqda, "MYu" u bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 839

Yarimhimoyachi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola "Manchester Yunayted" rahbariyati bilan uchrashdi
Futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. "MYu" futbolchining agentiga uni boshqa jamoaga qo'yib yubormasligi va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi kanini ma'lum qildi.
Pogbaning o'ziga "Real"ga o'tish varianti yoqmoqda. 26 yoshli frantsuz madridiklar ustozi Zinedin Zidan qo'l ostida o'ynamoqchi. Pogbaning "Real"ga htimoliy transferi 150 mln evro bo'lishi aytilmoqda. Angliya klubi 2016 yilda uni "Yuventus"dan 114 mln evroga sotib olgan edi.
O'z navbatida "Real" ham Pogbani o'z safida ko'rishi istamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215