Sulsher: "PSJ" bilan o'yin — fantastik imkoniyat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31880
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini boshqaruvchi Ole-Gunnar Sulsher EChL 1/8 finali qur'asi haqida fikr bildirdi.
Manchesterliklar Chempionlar ligasining pley-offida "PSJ"ga qarshi o'ynaydilar.
"Qur'ani kuzatib bordim, "MYu" bilan shunday bo'lishiga shubha qilmagandim. "PSJ" bilan o'yin - fantastik imkoniyat. Bu "Old Trafford"dagi o'zgacha kechalardan biri bo'ladi. Biz Neymar, Mbappe va Kavani kabi iqtidorlarga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, ammo oldinda ko'plab o'yinlar bor.
Boshlanishiga poydevor qurib, "PSJ" bilan o'yinga ishon bilan borishimiz kerak. Agar uddasidan chiqolsak zo'r bo'lar edi", - deydi Sulsher.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!