Frantsiya chempionatida o'yin irqchilik tufayli to'xtatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1032
Frantsiya chempionatining 32-turidan o'rin olgan «Dijon» va «Amen» klublari o'rtasidagi o'yinda noxush voqea yuz berdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, 78-daqiqada bosh hakam Karim Obid mehmon jamoaning qoratanli futbolchilariga nisbatan fanatlar tomonidan irqchilik ruhidagi qichqiriqlar yog'idirilgani bois, o'yinni to'xtatishga qaror qildi.
Tanaffus 5 daqiqa davom etdi va shundan so'ng o'yin davom ettirildi. Bahsda hisob ochilmadi.
Frantsiya futbol federatsiyasi mojaro yuzasidan surishtiruv o'tkazishini ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!