Bokschilarimiz Bangkok safariga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2338

Xabaringiz bor, 17-28 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bugun erta tongda mazkur musobaqada ishtirok etadigan delegatsiyamizning asosiy qismi Bangkok safariga jo'nab ketishdi. Mazkur chempionatga AQShda tayyogarlik ko'rgan Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov okean ortidan o'zlari alohida Bangkok shahriga yo'l olishgan. Eslatib o'tamiz, qit'a birinchiligida quyidagi bokschilarimiz yurtimiz shaarfini himoya qilishadi:
Erkaklar:
– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
– 52 kg: Hasanboy Do'smatov
– 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
– 60 kg: Shukurjon Rahimov
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov
– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
– 75 kg: Isroil Madrimov
– 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov
– 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Bosh murabbiy: Marat Qurbanov.
Ayollar:
– 48 kg: Fotima Tursunboeva
– 51 kg: Farangiz Hoshimova
– 57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
– 60 kg: Rayxona Qodirova
– 64 kg: Maftuna Melieva
– 69 kg: Shahnoza Yunusova
– 75 kg: Mavluda Mavlonova
– 81 kg: E'zoza Melieva
Katta murabbiy: Lochin Qo'chqorov
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mazkur Osiyo chempionatida bokschilarimizga omad va zafarlar tilab qoladi.

Bosh sahifaga
208