Ronaldu va «Yuventus»ning 6 etakchisi «SPAL»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 782

«Yuventus» murabbiylar shtabi Italiya A seriyasining 32-turi doirasida bo'ladigan «SPAL»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni aniqlab oldi.
Massimiliano Allegri turli sabablarga ko'ra asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisini qaydnomaga kiritmadi. Bular – Jorjo Kellini, Daniele Rugani, Miralem Pyanich, Bleyz Matyuidi, Duglas Kosta, Mario Manjukich va Krishtianu Ronaldu.
Kengaytirilgan tarkib quyidagicha: Shchesnii, Perin, Pinsolo, De Shilo, Aleks Sandro, Bartsali, Bonuchchi, Kanselu, Spinatstsola, Kokkolo, Gotstsi, Xedira, Bentankur, Kastanos, Kavilya, Dibala, Kuadrado, Ken, Bernardeski, Mavididi.
«SPAL» – «Yuventus» uchrashuvi 13 aprel, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Turinliklar bugun durang qayd etishsa ham muddatidan avval skudettoni qo'lga kiritishadi.

Bosh sahifaga
221