FA «Arsenal» va «Tottenxem»ni jazoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4742
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Arsenal” va “Tottenxem” klublarini jarimaga tortdi. Bunga sabab qilib 2 dekabr kuni “Emireyts”da bo'lib o'tgan o'yinda futbolchilar ustidan nazoratni yo'qotilgani ko'rsatilgan.
O'sha o'yinda “to'pchilar” 4:2 hisobida zafar quchgan edi va maydon chetida bir necha to'qnashuvlarga boy bo'lgan. 32-daqiqada Erik Dayer golni nishonlayotgan paytda raqib jamoaning zahira futbolchilari bilan tortishib qolgan va mojaro yuz bergan edi.
Buning oqibatida Assotsiatsiya klublarga ayblov qo'ydi va aybdor deb topib 45 va 50 ming funt miqdorida jarimaga tortdi. FA bayonotida Dayerning harakatlari provakatsion deb atalgan bu holatda har ikki klub aybdor deb topilgan.
Bunda “Tottenxem” klubiga nisbatan ko'proq jarima tayinlanganiga sabab ham ko'rsatilgan. Zero “Tottenxem” so'nggi 5 yil ichida 4 marotaba futbolchilarining nazoratini yo'qotgan, “Arsenal” esa 2 marotaba.