Messi soat ishlab chiqara boshladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2196
"Barselona" etakchisi Lionel Messi o'zining yana bir iqtidorini namoyish qila boshladi.
Argentinalik futbolchi Shveytsariyaning mashhur Jacob&Co markasi bilan hakamorlikda Epic X Chrono Messi soatlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Dastlab mazkur soatlar 180 dona ishlab chiqarildi.
Ushbu soatlarning dizayni oq va och ko'k ranglarda bo'lib, bu ranglar Argentina bayrog'idan olingan. Shuningdek, soatga "10" raqami va "M" harfi tushirilgan. Soatning korpusi titan va keramikadan yasalgan. Uning diametri — 47 mm.
Bundan tashqari, soatlarning orqa tomoniga Messining imzosi tushirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!