So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Terma jamoaga nomzodlar saralanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1362
Samarqand shahrida ayollar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2-davra bahslari bo'lib o'tmoqda.
Olmaliqning OTMK jamoasi 14 ochko, O'zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi Toshkent shahri 12 ochko, Andijon IOZMI 10 ochko xamda Samarqandning Bulung'ur jamoasi 8 ochko bilan peshqadamlar safida bormoqdalar.
8 ta jamoa ishtirokida o'tayotgan mazkur chempionatda 2000-2001 yillarda tug'ilgan qizlardan iborat O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistonda o'tkaziladigan qit'a birinchiligi – Xalqaro “Trofi kubogi” bellashuvlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida konkursdan tashqari ishtirok etmoqda.
- Chempionat bahslari to'rt davradan iborat bo'ladi, - deydi O'zbekiston gandbol federatsiyasi ijrochi direktori Midxat Bikmetov. – Birinchi davra Olmaliqda o'tkazilgan edi. Samarqandda o'tkazilayotgan bahslar ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Musobaqaning 3-davra bahslari Namanganda, yakuniy 4-davra Toshkent shahrida o'tkaziladi.
Bundan maqsad jamoalarga qulaylik yaratish va joylarda mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat. Ushbu musobaqa mamlakat terma jamoasi a'zolari holatini aniqlash va yangi nomzodlarni saralash imkonini beradi. Chunki joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida ayollar terma jamoasi Tokio olimpiadasi yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan qit'a birinchiligida ishtirok etadi.
Gandbol bo'yicha mamlakat chempionatining 2-davra bahslari 14 aprelga qadar davom etadi.