Messi tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1887
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (1:0) burnidan jarohat olgan edi.
Bahsning 30-daqiqasida "MYu" himoyachisi Kris Smolling havodagi to'p uchun kurashda Messining yuziga qo'li bilan zarba berib yubordi. Shundan so'ng argentinalik futbolchining burni qonadi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
Lionel bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning yuz qismida jiddiy jarohat yo'qligi aniqlandi. Shu bois, u «Ueska»ga qarshi kechadigan La liga bahsida maydonga tushishga tayyor. Ammo Ernesto Valverde shanba kungi o'yinda argentinalik futbolchiga dam berishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!