Asimov va Tantashev Malayziyaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1710

Shu yilning 15-21 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VAR tizimi bo'yicha seminarning birninchi bosqichi o'tkaziladi. Unda Osiyodagi hakamlar qatorida O'zbekistondan ham uch nafar hakam - Valentin Kovalenko, Aziz Asimov va Ilgiz Tantashev ishtirok etishadi. Seminarni FIFA va IFAB mutaxassislari olib borishadi. Ular orasida hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham bor.
Ta'kidlash kerakki, VAR tizimi bo'yicha seminar 3 bosqichdan iborat bo'lib, mazkur bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlarga maxsus sertifikat taqdim qilinadi va ular uchrashuvlarda VAR bo'yicha hakam sifatida faoliyat olib borishlari mumkin bo'ladi. Hozirda o'zbekistonlik ikki nafar hakam - Ravshan Ermatov va Jahongir Saidovda VAR tizimi bo'yicha ish olib borish uchun sertifikat mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184