Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 955
Qozog'istonning Chimkent shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida o'tayotgan "Shymkent Open" musobaqasida ikkinchi davra bosqichi uchrashuvlari yakunlandi. Unda tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Artem Dubrivniyni 6:4, 5:7, 6:1 hisobida engdi. Shuningdek, Humoyun Sultonov chorak final yo'llanmasi uchun o'tishi kerak bo'lgan o'yinda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Biroq mazkur o'yin oldidan rus tennischisi kortga chiqmasligini e'lon qildi. Shu tariqa Humoyun to'g'ridan-to'g'ri chorak finalga yo'l oldi. Endi musobaqaning chorak finalida ikki hamyurtimiz S.Fayziev va H.Sultonov o'zaro raqobatlashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!